Sisse: “Mbappeni “Liverpul” formasida ko'rmoqdaman”

Eldor Akmurzayev
7 fev 2021
Fransiyalik sobiq forvard Jibril Sisse PSJ a'zosi Kilian Mbappe haqida gapirdi.

“Menimcha, Mbappe ayni dam dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Uni “Liverpul” formasida tasavvur qilmoqdaman. Ha, bu juda katta pul, ammo Kilian ushbu mablag'ga loyiq deb o'ylayman.

U Kloppga mos keladimi? Ha, albatta. Birinchidan, u juda aqlli, jamoaviy o'yinchi hisoblanadi, shu sababdan u turli poziciyalarda o'ynashga qodir. Kilian Saloh va Mane darajasi bilan tenglasha oladi. Agarda Firmino ham klubda qolsa, unda bu jamoa aqlbovar qilmas darajada bo'ladi, jahondagi eng yaxshisi. Men esa shunchaki orzu qilib, Mbappeni “Liverpul”da ko'rmoqchiman”, deydi Sisse.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail