Shuhrat Saydaliev – O'zbekiston futbolini qo'llab-quvvatlash fondining yangi ijrochi direktori

11 okt 2017, 21:01
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi majlislari zalida bugun, 11 oktyabr kuni navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda O'zbekiston futbolini qo'llab-quvvatlash fondiga yangi ijrochi direktor tayinlandi.

O'zbekiston futbolini qo'llab-quvvatlash fondining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Furqat Sharipov o'z lavozimidan ozod etilib, uning o'rniga Shuhrat Saydaliev tayinlandi.

Ma'lumot uchun: Saydaliev Shuhrat Xolmatjonovich 1986 yil 3 dekabr kuni tavallud topgan. Millati o'zbek. Ma'lumoti oliy. Toshkent avtomobil va yo'llar institutinining moliya fakultetini tamomlagan. Faoliyati davomida bank sohasida turli lavozimlarda, shuningdek, Milliy Olimpiya Qo'mitasida ham ishlagan. Rus va ingliz tillarida so'zlasha oladi.

Manba: the-uff.com