Shota Arveladze: "Kuper bilan shaxsan tanishman"

24 iyul 2018, 13:35
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze O'zbekiston terma jamoasiga kelishi kutilayotgan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper haqida iliq fikrlarni bildirdi.

- Ektor Kuper juda katta tajribaga ega kuchli mutaxassis. Yevropada ko'p yillar yuqori saviyada ishlagan, o'z ishining ustasi. Ispaniyaning "Valensiya" va Italiyaning "Inter" kabi nomdor jamoalarini ham boshqargan. "Valensiya"ni ikki bor YCHL finaliga ham olib chiqqani ham ko'p narsadan dalolat. Nafaqat yevropada, balki boshqa qitalarda ham muvaffaqiyatli ishlagan. Yaqindagina Misr terma jamoasini mundialga olib chiqqani ham fikrimga isbot.

Men uni Gruziyadagi faoliyati orqali ham bilaman. Juda talabchan va mehnatni sevadigan inson. Kuper haqida faqat iliq fikrlarni bildirishim mumkin.

Kuper bilan shaxsan tanishman, ko'p uchrashganmiz. Ammo bu taklif bo'yicha men u bilan gaplashganim yo'q. O'ylaymanki, Kuper o'zbek futboliga ko'pchilik kutayotgan muvaffaqiyatni keltirishga qodir mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia