"Sho'rtan" nazorat uchrashuvida Qirg'iziston klubini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

Administrator
18 fev 2026, 22:33
Yangi mavsumga Toshkentda tayyorgarlik ko'rayotgan "Sho'rtan" yig'in doirasida bugun uchinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safargi raqib Qirg'izistonning OSHMU jamoasi bo'ldi.

Uchrashuvda g'uzorliklar to'liq ustunlik bilan harakat qilib, 3:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.

"Sho'rtan"ning navbatdagi nazorat uchrashuvi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Bellashuv 23 fevral kuni tashkil etiladi.

Nazorat uchrashuvi.

“Sho'rtan” 3:0 OSHMU

Gollar mualliflari: G'anisher Qodirov, Shahboz Nuriddinov, Abror Toshqo'ziev

Amalga oshirilmagan penalti: Diyor Asomiddinov


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia