Shok! "Barselona" futbolchilari erkin agentga aylanishi mumkin

Tolibjon Qosimov
7 okt 2017, 19:35
La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona"ning kelajakda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan muammolari haqida gapirdi.

Ular Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishi bilan bog'liq. Eslatib o'tamiz, Ispaniya va Yevroparlament referendumni tan olmadi. Oldinroq, Tebas "Barselona" va "Espanol" La Ligada o'ynash huquqidan maxrum bo'lishi mumkinligini ma'lum qilgan edi.

"Agar FIFA Kataloniya federatsiyasini qabul qilmasa, unda mahalliy klub futbolchilari erkin agentga aylanishadi. Chunki, Kataloniya klublari bozordan tashqarida bo'lib qolishadi", - dedi Tebas.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Espana