

"Sky Germany" nashrining xabar berishicha, "Borussiya" rahbariyati futbolchining vakillari bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Kelishuv 2031 yilgacha mo'ljallanib, yiliga taxminan 14 million evro maoshni tashkil etishi kutilmoqda. Bitimda 2027 yilda kuchga kiradigan 60 million evrolik sotib olish imkoniyati ham mavjud.
Takidlanishicha, tomonlar allaqachon shartnomaning asosiy shartlari bo'yicha kelishib olgan hamda endi faqat yakuniy kelishuv va futbolchining imzosi qoladi.
Bundan tashqari, "Real" va "Liverpul" endi himoyachiga davogarlar qatorida ko'rib chiqilmayapti.
"Borussiya" Dortmund sport direktori Ole Bek ham klub futbolchi bilan aloqada ekanligini tasdiqladi, ammo batafsil izoh berishdan bosh tortdi.
ng uchun Dortmund uzoq muddatga asosiy himoyachi o'yinchilaridan birini sotib olishga yaqin.



