

Bu haqda chorshanba kuni Pele kasalxonaga yotqizilgan klinikaning matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Tibbiy ko'rikdan so'ng bemor oddiy palataga yotqizildi, reanimaciya yoki yarim reanimaciya bo'limiga yotqizish talab qilinmadi. Sobiq futbolchi hayotiy faoliyati to'liq nazorat ostida, klinik holati barqaror", – deyiladi xabarda.
Shuningdek, futbolchining qizlaridan biri Pele unga buyurilgan dori-darmonlar kursiga moslashish uchun kasalxonada ekanligini aytdi.
2021 yil sentyabrida Pele yo'g'on ichakdagi o'simtani olib tashlash uchun operaciya qilingandi. 8 dekabr kuni u davolanish uchun kasalxonaga yotqizilishi rejalashtirilgan edi. Keyinchalik Pelening ichaklari, jigari va o'pkasida o'smalar borligi haqida ma'lumot paydo bo'ldi. Pele so'nggi oylarda o'tkazgan kimyoterapiya braziliyalikning tanasidagi o'smalarga hech qanday ta’sir ko'rsatmadi.
Ma'lumot o'rnida, Pele 82 yoshda bo'lib, uch karra jahon chempioni (1958, 1962, 1970) sanaladi.


