Sherzod Qosimov Hindistonga boradi

Narzulla Saydullayev
5 apr 2017
Osiyo futbol konfederatsiyasi OFK Kubogi–2017 turniri “E” guruhi 5-turidan o'rin olgan “Bengaluru” (Hindiston) – “Daka Abaxani” (Bangladesh) o'rtasidagi uchrashuvga rasmiylarni tayinladi.

Bu o'yinga o'zbekistonlik FIFA referisi Sherzod Qosimov bosh hakam etib tayinlandi.

“Bengaluru” – “Daka Abaxani” o'rtasidagi bahs 18 aprel kuni Bangalordagi "Sree Kanteerava" stadionida bo'lib o'tadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia