

Avval xabar berganimizdek, ushbu o'yinlarda faoliyat olib borish uchun o'zbekistonlik hakamlar ham taklif etilgan.
Hamyurtimiz FIFA referisi Sherzod Qosimov o'z brigadasi bilan OCHL 3-turidan o'rin olgan "Al-Shorta" - "Al-Ahli" uchrashuvini boshqarib boradi.
17 sentyabr kuni o'tkaziladigan mazkur bahsda Sherzod Qosimovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Timur Gaynulin yordam beradi.
Zaxira hakami vazifasi iordaniyalik Adham Muhammad Tumahga ishonib topshirildi.



