Sherzod Qosimov: "4ta o'yinga chetlatilganim haqidagi xabarlar yolg'on"

Narzulla Saydullayev
8 sen 2020, 10:56
O'zbekistonlik FIFA hakami Sherzod Qosimov Superliganing 4ta o'yinidan chetlatilgani haqida xabar chiqqandi.

Superliganing 4 ta o'yinidan badarg'a qilingan hakam Sherzod Qosimov Pro-Ligada ishlay boshladi        

Bosh hakamning o'zi saytimizga murojaat qilib quyidagilarni ma'lum qildi:

"Superliganing 4ta o'yinidan chetlatilganim haqidagi xabar mutlaqo yolg'on. Hech kim meni chetlatgani yo'q. Pro ligada nima uchun ishladim? Bugun-erta Qatarga uchib ketaman va Osiyo chempionlar ligasi bahslarida ishlayman. Ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko'rish uchun Pro ligada ishladim. Yolg'on xabar tarqatganlarga xudo insof bersin.

"Oq-tepa" - "Dinamo" uchrashuvida mehmonlar futbolchisiga nima uchun qizil berganimni rasmlarda hamma ko'rdi. Penalti belgilangan vaziyatni ham videoda ko'ringlar, o'sha vaziyatda qo'pollik jarima maydoni ichida edi".


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia