“Buxoro” – “So'g'diyona” uchrashuvini Sherzod Qosimov emas Ahrol Risqullaev boshqarib boradi. Sababi noma'lum

Narzulla Saydullayev
28 okt 2020, 22:29
Coca Cola Superliga 21-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “So'g'diyona” uchrashuvi rasmiylarida o'zgarish bo'ldi.

Unga ko'ra, mazkur o'yinni Ahrol Risqullaev boshqarib boradigan bo'ldi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.

Coca Cola Superliga. 21-tur
29 oktyabr, payshanba
BUXORO – SO'G'DIYONA
Hakamlar
: Ahrol Risqullaev, Ruslan Samandarov, Bektursin Kannazarov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Oybek Yunusov.


P.S. Aslida bu o'yinga Sherzod Qosimov bosh hakam etib tayinlangan edi. PFL aynan qanday sabab bilan Qosimovni Risqullaevga almashtirilganini izohlamagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia