Sesk Fabregas: "Messi to'la sog'ayishi, so'ngra o'z formasiga qaytishi kerak"

Tolibjon Qosimov
11 noya 2013, 20:14
"Barselona" yarim himoyachisi Sesk Fabregas klubdoshi Lionel Messi o'zining jarohatiga jiddiy e'tibor qaratishini aytib o'tdi.
Messi Ispaniya chempionatining 13-turida "Betis"ga qarshi o'yinda jarohat tufayli 21-daqiqada maydonni tark etdi. 

"Leo qancha talab etilsa shuncha davolanishi lozim. To'la sog'ayib, keyin formasini tiklab olishi lozim. U bizga kerak. Men "Arsenal"da o'ynab yurgan vaqtimda shunday jarohat olgandim. Tezroq maydonga qaytishni istaysan, ammo bu xato", - deydi Fabregas "Barselona" klubi rasmiy saytiga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net