Sesar Asplikueta: "Umid qilamanki, Azar "Real" bilan sovrinlarni qo'lga kiritishda davom etadi"

Aslanov Jasurbek
30 may 2019, 14:17
"Chelsi" himoyachisi va sardori Sesar Asplikueta jamoadoshi Eden Azarga omad tiladi.

"Azar bilan xayrlashish juda achinarli holat. U ajoyib o'yinchi va buyuk inson. Azar mening eng yaqin do'stim va klubimizning muhim bo'lagi bo'la oldi. 

Edenning "Real" uchun o'ynash orzusi bor. Hammasi qanday borishini ko'ramiz, lekin bir narsani aytish kerak u "Chelsi"dagi so'nggi kuniga qadar halol mehnat qildi.

Albatta, Azar yaxshi imkoniyatga ega bo'lmoqda. Umid qilamanki, u "Real" bilan sovrinlar yutishda davom etadi", - deydi Asplikueta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: as.com