Serxio Ramos: "Real"da faqatgina Ronaldu maydonda yugurmaslik huquqiga ega"

Tolibjon Qosimov
4 mar 2017, 14:28
"Real" murabbiylar shtabi va futbolchilar jamoaning oxirgi mashg'ulotidan oldin so'nggi paytlardagi omadsizliklarning sababini aniqlash maqsadida uchrashuv o'tkazishdi.

Bu haqda "Marca" ma'lumot tarqatdi. Suhbat davomida "Qirollik klubi" tajribali futbolchilari yosh o'yinchilardan maydonda ko'proq ter to'kishni so'rashdi. "Real" himoyachisi va sardori Serxio Ramos shunday dedi: "Bu yerda faqatgina Krishtianu Ronaldu maydonda yugurmaslik huquqiga ega, chunki u har mavsum 60tadan gol uradi".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca