Sergey Kovshov: “Bu yil “Loko” va “Nasaf” chempionlik uchun kurash olib boradi"

Narzulla Saydullayev
15 apr 2016, 21:33
"Nasaf" - "Qo'qon-1912" (1:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar yordamchi murabbiyi Sergey Kovshov ishtirok etdi.

"Qiziqarli bahs kechdi. Gevorkyan qizil olmagandi o'yin umuman boshqacha kechardi. Ko'p narsa undan talab qilinardi. Ikki xil taym o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'tkazdik. Bolalar ishonch bilan xarakat qilishdi. Bizga biroz tajovuzkorlik yetishmayapti. Aks holda durangga erishishmiz ham mumkin edi. O'tgan turda “Buxoro” bilan ham yomon o'ynamagandik. Ammo afsuski, mag'lub bo'lgandik.

Ushbu mavsumda men uchun eng yaxshi jamoa bu “Nasaf”. Jamoa besh olti yildan buyon yuqori saviyada va yaxshi o'yin namoyish etib kelmoqda.

Bu yil “Loko” va “Nasaf” chempionlik uchun kurash olib boradi. Albatta “Paxtakor” va “Bunyodkor” ham bu yo'lda harakat qilish aniq", - deydi Kovshov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz