Sergey Lushan: "Ilk turdayoq Aleksandr Mochinov bilan to'qnash kelamiz"

Narzulla Saydullayev
17 dek 2014, 16:19
2015 yilgi O'zbekiston chempionati bahslariga qur'a tashlangach “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushanning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.
- Ochig'ini aytsam, qur'adan oldin har qanday taqvimga tayyor edim. Chunki O'zbekiston chempionati doirasida hamma raqiblar bilan uyda va safarda o'ynashga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham kim bilan qaysi turda o'ynashimizning ahamiyati yo'q edi. Men uchun qiziqarli tuyulayotgan birgina jihat shuki, do'stim va yaqin-yaqingacha birga ishlagan murabbiy Aleksandr Mochinov bilan ilk turdayoq to'qnash kelishimiz. Qolgan barcha jihatlar bo'yicha O'zPFL qur'asidan ko'nglim to'ldi, - deydi “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com