
- Ochig'ini aytsam, qur'adan oldin har qanday taqvimga tayyor edim. Chunki O'zbekiston chempionati doirasida hamma raqiblar bilan uyda va safarda o'ynashga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham kim bilan qaysi turda o'ynashimizning ahamiyati yo'q edi. Men uchun qiziqarli tuyulayotgan birgina jihat shuki, do'stim va yaqin-yaqingacha birga ishlagan murabbiy Aleksandr Mochinov bilan ilk turdayoq to'qnash kelishimiz. Qolgan barcha jihatlar bo'yicha O'zPFL qur'asidan ko'nglim to'ldi, - deydi “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushan.