Serbiya. Murod Rajabov jamoasi mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
10 dek 2016, 19:01
Serbiya Superligasida 20-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Murod Rajabov o'ynayotgan "Novi Pazar" klubi bugun "Rad" mehmoni bo'lib 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Rajabov uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

"Novi Pazar" 20ta o'yindan so'ng 12 ochko bilan musobaqa jadvalining 15-pog'onasida bormoqda.

Klub keyingi o'yinni 14 dekabr kuni o'z uyida "Borac" klubiga qarshi o'tkazadi.

Serbiya Superligasi. Musobaqa jadvali
"Rad" - "Novi Pazar" 2:0
Gollar:
Lutovac 34, Denich 41

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia