Sautgeyt: "Shartnomani uzaytirish borasida gapirishni xohlamayman"

Tolibjon Qosimov
11 sen 2018, 10:21
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt shartnomasini uzaytirish borasida gap-so'zlarni muhokama qilishni istamasligini ma'lum qildi.

Uning amaldagi shartnomasi 2020-yilda nihoyasiga etadi.

"Bunga to'xtalmoqchi emasman. Mening shartnomam keyingi 22 oyda kuchda bo'ladi. Uni uzaytirish - eng muhimi emas. Men hozirgi vazifamga e'tibor qaratganman", - dedi Sautgeyt.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports