Sarri APL tarixiga kirdi

5 noya 2018, 08:55
“Chelsi” kecha APL 11-turi doirasida “Kristal Pelas”ni mag'lub etdi.

Bu g'alaba orqali jamoa bosh murabbiyi Mauricio Sarri o'zining debyut mavsumida APLning dastlabki 11 ta o'yinida mag'lub bo'lmadi(8 ta g'alaba, 3 ta durang). Shu tariqa Sarri 1994 yildan “Nottingem Forest” bosh murabbiyi Frenk Klark tomonidan o'rnatilgan rekordni takrorladi.

O'sha mavsumda Klark shogirdlari “Blekbern Rovers”dan 12 ochko ortda qolib, mavsumni uchinchi bo'lib yakunlangandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports