“Santos” ustozi futbolchilarning maoshi to'lab berilishi uchun o'z oyligidan voz kechmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2019, 22:41
Braziliyaning “Santos” klubi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli jamoa rahbariyatiga o'z oyligidan voz kechishni so'rab murojaat qilgan.

Gap shundaki, jamoa futbolchilari 1,5 oydan buyon maosh olmayapti. Argentinalik mutaxassis va uning murabbiylar shtabiga esa pul mablag'lari vaqtida to'lab berilgan. Sampaoli o'z oyligidan voz kechib, uni shogirdlariga taqdim etmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 59 yoshli murabbiy 2018-yilning yozida Argentina terma jamoasidan iste'foga chiqarilgan va joriy yildan boshlab Braziliya klubini boshqarib kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TyC Sports