Bugun ham nimchorak finalning qolgan to'rt uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Sami Xyupiya boshqaruvidagi "Bayer" klubi "Badenova-Shtadion"da "Frayburg" mehmoni bo'ladi. O'yinoldi fikrlari bilan o'rtoqlashar ekan, finlyandiyalik murabbiy "dorishunoslar" bilan birgalikda kubok finaliga qadar yetib bormoqchi ekanini ta'kidlab o'tdi.
- Men futbolchilik faoliyatim davomida bir necha bor kubok finallarida ishtirok etganman va finalda to'p surish qanday hissiyotlarni taqdim qilishini juda yaxshi bilaman. Murabbiy sifatida ham bu onlarni his etishni istayapman. Buning uchun jamoamizdan o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarish talab etiladi. Biz CHL doirasidagi alamli mag'lubiyatimizni unutgan holda olg'a borishni va kubok finaliga chiqishni maqsad qilganmiz, - deya fikrlarini bildirdi "Bayer" ning yosh ustozi.
Eslatib o'tamiz, "Frayburg" - "Bayer" Leverkuzen bahsi Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.