Saloh Manega qarshi. Afrika qitasida JCH-2022 pley-off raundiga qur'a tashlandi

Eldor Akmurzayev
23 yanv 2022, 09:05
Afrika qitasida mundial saralashining oxirgi bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni APLda o'ynagan sobiq hujumchilar Emmanuel Adebayor va El-Xaji Diuf olib bordi.

Unga ko'ra, quyidagi juftliklar saralandi:

Misr – Senegal

Kamerun – Jazoir

Gana – Nigeriya

Kongo DR – Marokash

Mali – Tunis

Eslatib o'tamiz, mazkur bosqich uchrashuvlari 24 va 29 mart kunlari o'tkaziladi. Unda g'olib bo'lgan jamoalar Qatardagi mundialga yo'l oladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia