Jazoir JCH-2022 saralashidagi o'yinni qayta o'tkazishni so'ramoqda

Aziz Tukhtamuradov
1 apr 2022, 09:27
Jazoir JCH-2022 saralashi doirasida bo'lib o'tgan Kamerunga qarshi pley-off o'yinini qayta o'tkazishni so'rab, FIFAga murojaat qildi.

O'yin qo'shimcha vaqtda 2:1 hisobida kamerunliklarning g'alabasi bilan yakunlangandi. 

"Jazoir futbol federatsiyasi Jazoir - Kamerun pley-off javob o'yinidagi hakamlik bo'yicha FIFAga apellyaciya berdi. JFF o'z huquqidan foydalangan holda, o'yinni halol va hakamlik halal bermagan tartibda qayta o'tkazishni so'raydi. JFF shuningdek FIFAdan Jazoir - Kamerun o'yinidagi hakamlik bo'yicha tekshiruv olib borishni ham so'raydi", - deyiladi Jazoir futbol federatsiyasi bayonotida. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Жазоир ФФ