

Unga ko'ra, Meksika va AQSH terma jamoalari navbatdagi yo'llanmalarni qo'lga kiritishdi. Meksika Salvadorni mag'lubiyatga uchratib (2:0), ikkinchi o'rinni egalladi. AQSH esa Kosta-Rikaga yutqazgan bo'lsada (0:2), qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga uchinchi o'rinni band etdi.
Bungacha Kanada terma jamoasi birinchi o'rinni egallab, mundial yo'llanmasini naqd qilib qo'ygandi.
Kosta-Rika terma jamoasi esa to'rtinchi o'rinni band etdi va iyun oyida pley-off o'yinida Yangi Zelandiyaga qarshi bahs olib boradi.




