Sabaleta: "Manchester Siti" yetakchilarga yetib olishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
1 mar 2016, 14:16
"Manchester Siti" himoyachisi Pablo Sabaletaning fikricha, uning jamoasi Premer-liga g'olibi bo'la oladi.

"Oldinda ko'plab o'yinlar bor. Biz avval ham bunday vaziyatda bo'lganmiz, bir necha yil oldin. O'shanda jamoa 8 ochkolik farqni yo'qqa chiqargan va oltin medallarga ega chiqqan. Premer-ligaga e'tibor qaratib, "Liverpul"ni mag'lub etishimiz lozim. Biz - "Manchester Siti"miz va sifatli tarkib yetakchilarga yetib olish umidini beradi. "Lester" va "Tottenxem" o'zining bahsida g'alaba qozonishdi. "Arsenal" va "Manchester Yunayted" haqida ham unutmaslik lozim. Hammasi o'zimizga bog'liq" - deydi Sabaleta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening News