Saa: "Martial - yangi Anri"

Tolibjon Qosimov
7 sen 2015, 15:29
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Lui Saa klubning yangi a'zosi Antoni Martial jamoa bilan katta yutuqlarni qo'lga kiritadi deb hisoblaydi.
Saaning fikricha, Anri "Arsenal" uchun qanchalik muhim bo'lsa, Martial "Qizil iblislar" uchun shunchalik kerakli o'yinchiga aylanishi mumkin.

"Antoni himoyachilarni o'zining tezligi bilan hayron qoldirishi mumkin. Bu MYU uchun juda muhim kuchayish bo'ldi, chunki ularga hujumlar payti bazida "harakat" yetishmayapti," - deb hisoblamoqda Saa.

"Fransiyada Martialni yangi Anri deb atashmoqda, chunki u chapda ham, o'ngda ham o'ynashi mumkin. Antoni to'p bilan juda yaxshi ishlay oladi va uch yoki to'rt futbolchini osonlik bilan aldab o'ta oladi. Unda MYU ga sovrinlar keltirish uchun barcha sifatlar mavjud".

Hozirgi paytda yosh francuz katta futbolda o'z hisobiga jami 15 ta gol yozib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.ua