Ryudiger: “Klub futbolchilarga jamoa yanada yuqoriroq odimlash niyatida ekanligini ma'lum qilmoqda”

28 avg 2020, 00:55
“Chelsi” himoyachisi Antonio Ryudiger ayni paytda jamoasining transfer oynasi vaqtida faolligi haqida gapirdi.

“Men jamoada yangi futbolchilar kelib qo'shilishidan doim xursand bo'laman. Transfer qilish uchun qo'yilgan taqiq yakuniga etgach, klubimiz tarkibi yanada kuchayishini kutgandim. Hakim Ziesh transferidan xursand bo'ldim. Mening va jamoamning Timo Verner bilan yaxshi munosabatda ekanligini barcha bilishga ulgurdi.

Bu transferlar orqali klub rahbariyati jamoadagi futbolchilarga o'ziga xos “signal” jo'natib, jamoa taraqqiyot sari yanada dadil qadam tashlamoqchi ekanligini ma'lum qildi. O'ylashimcha, bu judayam yaxshi holat”, deya ta'kidlab o'tdi Ryudiger.

Joriy yilgi transfer oynasi vaqtida "Chelsi" yarim himoyachi Hakim Ziesh, hujumchi Timo Verner, chap qanot himoyachisi Ben Chilliuel va markaziy himoyachi Malang Sarni o'z safiga qo'shib oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Transfermarket