Ryudiger "Chelsi"dan maoshini ko'tarishni so'ramoqda

Aslanov Jasurbek
7 sen 2021, 23:47
"Chelsi" Antonio Rudiger bilan yangi shartnoma imzolash ishlarini boshlab yuborgan.

Germaniyalik futbolchi esa klubdan maoshini ko'tarishni so'ramoqda. Ryudigerning hozirgi maoshi yiliga 7.2 mln evro atrofida. Uning talabi esa, ushbu maoshni yiliga 11.2 mln evroga o'zgartirish. 

Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxul ham Ryudigerni qolishini istamoqda. Shu sababli, klubdagilar  futbolchi bilan kelishish niyatidalar.

Eslatib o'tamiz, Ryudigerga PSJ klubi qiziqmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o'z yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Eurosport