Rustam Abduhamidov: "Vaqt cho'zish futbolning bir qismi"

Narzulla Saydullayev
14 may 2018
"Istiqlol" - "Sho'rtan" uchrashuvida mezbonlarning eng yaxshi futbolchisi Rustam Abduhamidov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi o'yin juda og'ir o'tdi. Jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatdi. Birinchi bo'limdagi gol esa e'tiborsizlik oqibatida yuzaga keldi. Ikkinchi bo'limdagi o'zgarishlar jamoamizga yordam berdi. Ikkinchi bo'lim juda asabiy o'tdi. Vaqt cho'zishga biz harakat qilmadik. Ammo vaziyatlar shuni taqozo etdi. Ammo vaqt cho'zish ham futbolning bir qismi. Agar raqib g'alaba qozonayotgan bo'lganida ular ham vaqtni shunday cho'zishgan bo'lardi", - deydi Abduhamidov.

Behruz Xoliqov yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia