"Qo'qon-1912" lageridan daraklar. Rustam Abduhamidov keldi, Norbekov safga qaytdi

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2021, 18:05
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Qo'qon shahrida olib borayotgan "Qo'qon-1912" jamoasining futbolchilari , kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari kunning birinchi yarmida trenajyor zalida, kunning ikkinchi yarmidagi mashg'ulotlarni esa stadionda olib borishmoqda. Jamoaning tajribali hujumchisi Shohnazar Norbekov bugundan umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi. Norbekov AGMKga qarshi o'yinda olgan jarohatidan  butkul xalos bo'lgan. "Shunqorlar" tarkibida bir nechta mahalliy yosh futbolchilar ham ko'rikdan o'tishmoqda. Bugungi mashg'ulotlarga o'tgan mavsumni "Neftchi" tarkibida o'tkazgan yarim himoyachi  Rustamjon Abduxamidov ham qo'shildi. Jamoada selekciya ishlari bir muddat ham to'xtagani yo'q. Shu kunlarda tarkibga yana yangi futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda.

"Qo'qon-1912" jamoasining tajribali yarim himoyachisi Quvondiq Ro'ziev , o'tgan mavsumning so'nggi bahslarini kichik jarohatlar  bilan o'tkazgan edi. Quvondiq hozirgi kunda Toshkent shahrida davolash muolajalarini olib, salomatligini tiklash bilan band. Ro'ziev "shunqorlar"ning Toshkentdagi mashg'ulotlarida jamoa safiga qo'shiladi. 

Quyida mashg'ulotlardan olingan suratlar bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати