

29 aprel kuni Londondagi "Emireyts" stadionida Chempionlar Ligasining birinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Fransiya klubi "Arsenal" ustidan minimal 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Yagona gol 4-daqiqada Usmon Dembele tomonidan urildi.
Mashhur sobiq futbolchi, ekspert Ueyn Runi o'yinni quyidagicha izohladi:
"Umid qilamanki, "Arsenal" bu turnirda g'alaba qozonadi, ammo ular javob o'yiniga ishonch bilan borishlari kerak.
Siz sabr-toqatli bo'lishingiz, o'yinni sekinlashtirishingiz, kerakli daqiqalarda to'pni nazorat qilishingiz va yakunda imkon qadar aniq harakat qilishingiz kerak", – dedi Runi.



