Runi: "Fergyusonning taktikasi xato edi. Biz "Barsa"ga qarshi tengma-teng o'ynaymiz deb ikkita finalni boy berganmiz"

Alisher
3 avg 2020, 14:20
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Barselona"ga qarshi CHLdagi o'yinlar haqida esladi.

MYU CHL finalida 2008/09 va 2010/11 yilgi mavsumlarda "Barselona"ga yutqazgan.

"Real"dek klublarga qarshi "Biz ularga to'pni beramiz" deb chiqish doim qiyin. "Yunayted"da ham shunday. Biz "Barselona"ga qarshi tengma-teng o'ynaymiz, pressing qilamiz va shu orqali yutamiz deb ikki CHL finalini boy berganmiz. Bu o'zini o'ldirishdek gap.

Aleks Fergyusonning gaplarini eslayman: "Biz "Manchester Yunayted"miz va biz hujum qilamiz. Bu klubimizning madaniyati". O'shanda o'ylagandim: "Bunga unchalik amin emasman".

O'yinchilar ich-ichlaridan bu xato ekanligini o'ylashgan. Albatta, shundan so'ng ikki o'yinda ham yutqazganmiz.

Klub haqidagi so'zlar to'g'ri, ammo keyin o'tirasan va o'ylaysan: "Biz yutqazdik". Men Chempionlar Ligasini yutish uchun qanaqa uslubda o'ynashning farqi yo'q deb hisoblayman", - deydi Runi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times