Rudi Garsiya: "Al Nassr" futbolchilari har safar Ronalduga oshirishga harakat qilmay, odatdagidek o'ynashi juda muhim"

Sherzod Nurmatov
23 yanv 2023, 21:47
Jamoa ustozi Rudi Garsiya Krishtianu Ronalduning "Al Nassr" safidagi debyut o'yini haqida fikr bildirdi.

Kecha 37 yoshli yulduz Saudiya Arabistoni klubi tarkibida ilk rasmiy o'yinini o'tkazdi. U mamlakat chempionati doirasida "Al Ittifoq"qa qarshi o'yinda (1:0) to'liq 90 daqiqa harakatlandi va bahs davomida samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

"Futbolchilarning odatdagidek o'ynashi va har doim Ronalduni to'p bilan taminlashga harakat qilmay o'ynashi juda muhim. Men ularga maydonda to'g'ri tanlov qilishlari kerakligini aytdim. 

Ochig'i, Krishtianu va Taliska bo'sh bo'lsa va to'p so'rasa, biz ularga to'pni berishimiz kerak. Bu ikki futbolchi vaziyatni o'zgartirib yuborishga qodir.

O'ylashimcha, bazan bizda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, biroq jarima maydonchasida o'yinchilar kam edi. Bazida Ronaldu ham Taliska ham u yerda bo'la olmadi.

Biz ulardan birini maydonchada, boshqasini esa tashqarida o'ynatish ustida ishlashimiz kerak", – dedi "Al Nassr" bosh murabbiyi Rudi Garsiya.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The National News