RPL. "Rubin" va "Lokomotiv" murosa ko'chasini tanlashdi, hakam Ashurmatovga qizil kartochka ko'rsatdi

Omonjon To`xtamirzayev
20 apr 2024, 18:22
"Rubin" va "Lokomotiv" klublari RPL 25-turi doirasida to'qnash kelib, 1:1 hisobida durang qayd etishdi.

Mezbonlar tarkibida Valentin Vada 21-daqiqada ismini tabloga yozdirib qo'ygan bo'lsa, moskvaliklar bunga 43-daqiqadagi Dmitriy Barinovning aniq zarbasi bilan javob berishdi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida hakam hamyurtimiz Rustamjon Ashurmatovga qizil kartochka ko'rsatdi.

Ushbu o'yindan keyin "Rubin" 9-pog'onada qoldi, "Lokomotiv" esa 4-o'ringa ko'tarilib oldi.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia