Roy Kin Rangnikka imkoniyat berishda davom etishga chaqirdi

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2022, 19:28
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Roy Kinning fikricha, "qizil iblislar"ning amaldagi bosh murabbiyi Ralf Rangnik natijalarga qaramay, imkoniyatga loyiq.

“Biz bu murabbiyga imkoniyat berishimiz kerak, u endigina ish boshladi.

"Yunayted"da muammolar ko'p.  O'yinchilarda pressingga o'tish uchun ishtiyoq yo'q.

"Yunayted"ning Angliya kubogi doirasidagi “Aston Villa”ga qarshi o'yindagi statistikasi unchalik yaxshi bo'lmadi, ammo baribir jamoa eng muhimiga erishdi – ular gol urib, darvozani "quruq" saqlashdi. Shunga o'xshash ijobiy holatlar ham bor", – dedi Kin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News