Roten Mbappe haqida: "Vaziyat avgustdagidan o'zgargan. Mbappe "Real" sabab Parijda qolishi mumkin"

Omonjon To`xtamirzayev
23 fev 2022, 11:56
Jerom Roten PSJ forvardi Kilian Mbappening yozda "Real"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Menda bor ma'lumotga ko'ra, Kilian Mbappe va PSJ o'rtasidagi munosabatlar yaxshi tomonga o'zgargan.

Avgustda futbolchining ketish ehtimoli 99%ga etgandi. Hozir vaziyat o'zgardi va bu transfer ehtimoli 65%gacha kamaydi. Vaziyat istalgan daqiqada o'zgarishi mumkin.

Kilian aynan "Real" sababli Parijda qolishi ham mumkin. Sababi "qirollik klubi" YCHLda PSJga imkoniyatni boy bersa, bu hal qiluvchi faktor bo'lib qolishi mumkin", – dedi Roten.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru