Rossiya. Shomurodovning goli "Rostov" klubiga "Spartak" ustidan g'alaba keltirdi

14 apr 2019, 23:52
Rossiya chempionatining 23-turida Eldor Shomurodov joriy mavsumdagi ikkinchi golini kiritdi.

Rossiya chempionati 23-turining markaziy uchrashuvida "Rostov" va "Spartak" klublari bellashishdi. Mazkur bahsda hamyurtimiz Eldor Shomurodov 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 17 daqiqa o'tib "Spartak" daovazasiga gol urdi. Ushbu gol mezbonlarga muhim uch ochko keltirdi. Ayni vaqtda "Rostov" 35 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda. 

Eldor Shomurodovning "Spartak" darvozasiga urgan golini tomosha qiling >>> VIDEO

Rostov – Spartak 2:1

Rostov-Arena

Gollar: 1:0 – 13 Gackan, 1:1 – 27 Zobnin, 2:1 – 80 Shomurodov.

Rostov – Pesyakov, Chernov, Logashov, Sigurdsson, Parshivlyuk, Eremenko, Gackan, Popov (Sigurdarson, 78), Normann, Ionov (Shomurodov, 63), Glebov (Zuev, 77).

Spartak – Maksimenko, Bokketti, Jigo, Rasskazov, Ayrton, Glushakov (Fernando, 81), Zobnin, Melgarexo (Lomovickiy, 73), Melkadze, Luis Adriano, Ze Luish (Xanni, 38).

Ogohlantirishlar: Parshivlyuk (28), Glebov (45), Logashov (56), Eremenko (61), Bokketti (64), Melkadze (77).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia