Ronaldu "Yuventus"ga o'tganidan so'ng million kishi "Real"dan "yuz o'girdi"

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2018, 18:14
10 iyul kuni Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real"dan "Yuventus"ga o'tdi.

"Keksa sinora" bu xarid uchun "Qirollik klubi"ga 112 mln. evro to'lab berishiga to'g'ri keladi.

Ushbu transfyerdan so'ng "Real"ning "Tvitter"dagi o'quvchilari soni kamaydi. 2 kun ichida "qaymoqranglilar"ning 1 mln. o'quvchisi ulardan "yuz o'girdi". Endi "Real"ning "Tvitteri"da 30 mln. follover bor va ushbu ko'rsatkich klublar o'rtasidagi eng yaxshisi.

"Yuventus" esa aksincha, o'quvchilari sonini ko'paytirib oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As