Ronaldu Skorsezning filmida suratga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 sen 2015, 12:43
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kino sohasida debyut qilishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, portugaliyalik futbolchi Gollivud rejissyori Martin Skorsezning yangi filmida suratga tushishi mumkin. Kartina avval "Trump Tower"dagi koshonaga egalik qilgan italiyalik magnat Alessandro Proto haqida. Bir necha hafta oldin Ronaldu aynan shu binodan uy sotib olgan edi va filmda epizodik rol o'ynash uchun o'z uyini suratga olish ishlari uchun berishga tayyorligini bildirdi.

Filmda bosh rollarni Alessandra Ambrosio va Chenning Tatum o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com