Ronaldu qachon "Real"dan kyetishga qaror qilgan?

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Qirollik klubi"ni tark etish sabablari ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik futbolchi yanvarda "Real"ni tark etishga qaror qilgan. "Qaymoqranglilar" uning transfer narxini 100 mln. evro etib belgilagani bunga sabab bo'lgan. O'sha paytda klubdagilar Ronaldu Xitoy yoki AQSHga ketadi deb o'ylashgan. "Real" unga qo'ygan bahoni ko'rib, forvard quyidagi so'zlarni aytgan: "Agar meni 100 mln. evro turadi deb o'ylashsa, demak ular meni yoqtirishmaydi".

Oldinroq, Ronaldu "Yuventus"ga kyetishi, turinliklar talab qilinayotgan 100 mln. evro to'lashi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca