Ronaldu "Manchester Yunayted"ning Angliya Liga kubogidagi g'alabasi uchun medal olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
27 fev 2023, 20:13
“Al Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ning Angliya liga kubogidagi g'alabasi uchun medal olishi mumkin.

Noyabr oyida jamoani tark etgan portugaliyalik futbolchi joriy mavsum ushbu turnirda birorta ham o'yin o'tkazmadi, ammo reglamentda g'olib jamoa 30 ta medal olishi mumkinligi qayd etilgan. "Yunayted" esa Liga kubogida 27 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan. Qolgan uchta medalni nima qilishni klubning o'zi hal qiladi.

Mankunianliklar istasa, Ronaldu (shu bilan birga u kubok sohibi hisoblanmaydi), shuningdek, 2022 yilning sentyabridan 2023 yilning yanvarigacha ijara asosida "Manchester Yunayted"da o'ynagan "Nyukasl" darvozaboni Martin Dubravkaga medal taqdim etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com