Ronaldu jamoadoshi Dibalaga MYUga o'tishni tavsiya qildi

Alisher
2 avg 2019
Argentina terma jamoasi va Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala "WhatsApp" ijtimoiy tarmog'ida MYUga o'tishi borasida Krishtianu Ronaldu bilan maslahatlashdi.

"Portugaliyalik Dibalaga "Manchester Yunayted"ga o'tishni tavsiya qildi. U Dibalaga ko'p yillar "Yuve"da o'ynaganini va vaziyatni o'zgartirish kerakligini aytdi.

Ronaldu shuningdek MYUga sovrinlar yutish uchun yordam kerakligini ham takidlagan", - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, Dibalaning agenti allaqachon argentinalik bilan maslahatlashgan va futbolchi Angliyaga o'tishga rozilik bildirgan.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail