Dibalaning "sovchilari" ko'payib qoldi

7 yanv 2019, 19:10
"Yuventus" hujumchisi Paolo Dibala bir nechta grand klublarning e'tibor markazida bo'lib turibdi.

Tuttosport nashrining ma'lumot berishicha, argentinalik forvardga "Bavariya", "Manchester Siti" va PSJ klublari qiziqish bildirishmoqda. Turinliklar Dibalani 100 million evrodan kamiga bermoqchi emas.

Bundan tashqari, "Yuventus" futbolchini qishda sotmoqchi emasligi va faqat yozda u bilan muzokara o'tkazishi mumkinligi haqida e'lon qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport