Ronaldu ertaga "Yuventus" qarorgohida mashg'ulotlarni boshlaydi

Omonjon To`xtamirzayev
19 may 2020, 00:26
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ertaga jamoa bilan mashg'ulotlarga qo'shiladi.

5 may kuni portugaliyalik Turinga qaytgandi. Shundan so'ng u 14 kunlik karantin davrini o'tkazdi.

Ertaga Ronaldu "Yuventus" qarorgohidagi mashg'ulotlarini boshlash imkoniga ega. 

Avvalroq A Seriya 13 iyun kuni qaytishi kutilayotgandi, lekin Italiyada sport musobaqalariga taqiq 14 iyunga qadar uzaytirildi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia