Ronaldu YCHL tarixiga kirishda davom etadi

13 mar 2019, 08:25
Futbolchi kecha “Atletiko” darvozasiga 3 ta gol urdi.

“Yuventus” hujumchisi natijada Chempionlar ligasi tarixida bitta jamoaga qarshi 2 ta o'yinda xet-trik qila olgan ikkinchi raqamli futbolchi bo'ldi. Ronaldu “Real” safida ham “Atletiko”ga qarshi YCHL o'yinida uchta gol urgandi.

Bunday natijaga birinchi bo'lib, musobaqa tarixida “Shaxtyor” sobiq hujumchisi Luis Adriano erishgandi. U BATEga qarshi 2 ta ucrashuvda ham xet-trik qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com