

"Al-Nassr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu klubning Pepe bilan shartnoma tuzishini istamoqda. Marca nashrining yozishicha, Ronaldu allaqachon rahbariyat bilan ushbu mavzu borasida suhbatlashgan.
Pepening "Portu" bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum oxirida o'z yakuniga etadi. 40 yoshli himoyachini klubga olib kelish variantini "Al-Nassr" ham o'ylab ko'radi.
Ma'lumot uchun, Ronaldu va Pepe "Real Madrid" va Portugaliya termasida birga o'ynashgan.


