Ronaldinyoga Braziliyadan chiqish taqiqlab qo'yildi

Alisher
31 iyul 2019, 10:48
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldinyo yaqin orada vatanidan tashqariga chiqa olmaydigan bo'ldi.

Sud 39 yoshli braziliyalikka jarimalar tufayli shunday taqiq qo'ygan.

Ronaldinyoning ikkita, yani Braziliya hamda Ispaniya fuqaroliklari bor.

"Barselona" va "Milan" sobiq futbolchisi Portu-Alegri shahrida joylashgan uyining ko'lida noqonuniy qurilish tufayli 2 million funt sterling jarimaga tortilgan.

Ronaldinyoni bundan tashqari 1,7 million evro hisobidagi qarzlari ham bor. Uning mulkidan 57tasi allaqachon davlat tasarrufiga o'tkazilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Folha de S.Paulo