

Kataloniya klubi braziliyalik sehrgar YCHL g'olibi bo'lgan 2005/06 yilgi mavsum nusxasidagi (retro) liboslarni sotuvga chiqardi. Qizig'i shundaki, klubning onlayn-do'konidagi barcha zaxiralar bir sutkaga ham etmay sotib bo'lindi.
Hozirda "Kamp Nou"dagi asosiy do'konda ham sanoqli nusxalar qolgan, xolos. Ushbu dushanbadan boshlab Ronaldinyo liboslarini shaharning boshqa nuqtalaridagi rasmiy klub do'konlaridan ham sotib olish mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, aynan o'sha mavsumda Ronaldinyo boshchiligidagi "blaugrana" Yevropa taxtini zabt etgan edi.



