Romero "Manchester Yunayted"da qoladi

Alisher
30 okt 2020, 14:00
"Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romero klubda kamida yanvarga qadar qoladi.

Oldinroq argentinalik futbolchining MLS'ga yo'l olishi mumkinligi aytilgan edi. Ammo "Inter Mayami" rahbari Devid Bekxem sobiq klubi bilan futbolchining transferi borasida kelisha olmadi. Bugun Amerika ligasida transfer oynasi yopiladi.

Din Xenderson kelganidan so'ng Romero MYUning uchinchi darvozaboniga aylandi. Argentinalik "Old Trafford"dan ketishga urindi, ammo boshqa klublarning taklifi manchesterliklarni qanoatlantirmadi.

Endi Romero MYUda kamida yanvargacha qoladigan bo'ldi. O'yinchining "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail